Avvalroq, Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida kanaldan 17 yoshli qizning murdasi popilgani haqida xabar qilgan edik.
Unda marhumaning yaqinlari farzandi qotillik qurboni bo`lganini bildirishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Pastdarg`om tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ayni paytda hodisa yuzasidan tekshiruvning borishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahyuari xabar berdi.
Keltirilishicha, tergovga qadar tekshiruv hujjatlari Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan o`rganilib, amalga oshirilishi lozim bo`lgan harakatlar yuzasidan yozma ko`rsatma berilgan.
Shu bilan birga, 2021 yil 17 may kuni Bosh prokuratura mas`ul xodimlari tomonidan marhumaning otasi va ukasi qabul qilinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlarining borishi yuzasidan tushuntirish berilgan.






