1

Toshkentda metro bekatlaridan biri ma`lum muddat elektr ta`minotidan uzilib qoldi

Jamiyat 19.05.2021, 11:45
Toshkentda metro bekatlaridan biri ma`lum muddat elektr ta`minotidan uzilib qoldi

Toshkent metrosining Sergeli yo`nalishi "5-bekat" stansiyasida elektr ta`minotining uzilishi yuzaga keldi. Holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" UK izoh berdi. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 18 may kuni soat 15:25 da shahardan elektr ta`minotining uzilishi sodir bo`lgan, bu esa Toshkent metropolitenining Sergeli yo`nalishidagi "5-bekat" stansiyasidagi elektr ta`minoti tizimiga ham ta`sir ko`rsatdi. Elektr ta`minoti 15:39 da tiklandi.

"Ta`kidlab o`tamiz, ushbu hodisa metro poezdlari harakatiga ta`sir ko`rsatmadi, chunki harakati xavfsizligini ta`minlash maqsadida, kontakt relslar zaxira quvvat manbaiga ega", - deyiladi xabarda.  

Eslatib o`tamiz, so`ngi vaqtlarda Toshkent shahar yo`lovchilari metropoliten xizmatlaridagi qator muammolar guvohiga aylanishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni bilan bog`liq kamchiliklar haqida ko`p marotaba yozib kelishmoqda. Jumladan, 

18 mart kuni “Olmazor” (Chilonzor yo`li) va “Bekat-1” (Sergeli yo`li) orasidagi tunnelda ikki poezd to`qnashuvi

8 aprel kuni Sergeli er usti metrosida poezd yarim yo`lda to`xtab qoldi.

9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poezdning ochiq eshiklar bilan harakati tushirilgan video tarqaldi. 

Shu bilan birga metropolitendagi er osti va er usti poezd harakatlarining bir nechta boshqa videolari ham ijtimoiy tarmoqlarda ko`p bora muhokama qilindi. Bugun esa, tunnelda to`xtab qolgan poezd haqidagi video tarqaldi, unda yo`lovchilar releslar orqali harakatlanib bekatga etib olishgani tasvirlangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1