1

IIV Andijonda zo`rlangan 18 yoshli kelinchak hodisasi bo`yicha ma`lumot berdi

Jamiyat 19.05.2021, 12:35
IIV Andijonda zo`rlangan 18 yoshli kelinchak hodisasi bo`yicha ma`lumot berdi

So`ngi kunlarda, joriy yilning 13 mayida Andijon viloyati, Andijon tumanida homilador ayolga nisbatan sodir etilgan zo`ravonlik jinoyati aholi o`rtasida shov-shuvga sabab bo`lib, ijtimoiy tarmoqlarda turli talqinlar, mish-mishlar va salbiy izohlarni keltirib chiqarmoqda. Hodisa yuzasidan IIV Axborot xizmati rasmiy ma`lumot taqdim etdi. 

Keltirilishicha, shu yilning 14 may kuni Andijon tumani IIBga, shu tuman yashovchisi, 2002 yilda tug`ilgan, fuqaro O.O. murojaat qilib, bir kun oldin 13 may soat taxminan 16.00larda Andijon tumani Qoraqalpoq mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan dala shiyponida o`ziga tanish bo`lgan ikki erkak tomonidan zo`rlanib, jinsiy aloqada bo`lganligini bayon qilgan.

Darhol, voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqib, belgilangan tartibda kechiktirib bo`lmaydigan tergov harakatlari va tezkor tadbirlar amalga oshirilgan. Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118 moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari Andijon viloyati IIB tomonidan amalga oshirilmoqda. Ishga Ichki ishlar vazirligining alohida mutaxassislari jalb etilgan.

Hozirda, voqea joyidan olingan ashyolar, biologik izlar, jabrlanuvchi va gumonlanuvchilarga tegishli kiyimlar dalil tariqasida olinib, sud-tibbiy ekspertiza, sudga oid biologik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizalar tayinlangan.

Shuningdek, jabrlanuvchi O.O.ning ko`rsatmasiga ko`ra, unga zo`rlik ishlatgan hamda jinsiy aloqada bo`lganligi vaj qilinayotgan olti nafar gumonlanuvchi fuqarolarning ko`rgazmalari, voqeaning xronologik tartibi hamda mavjud guvohlarning bayonotlari to`liq o`rganilmoqda. Voqea yuzasidan gumonlanuvchilar va guvohlarning ko`rsatmalari, dastlabki sud tibbiy ekspertizasining natijalari hamda jabrlanuvchining ko`rsatmalari o`rtasida jiddiy tafovutlar borligi sababli, qo`shimcha tergov va tezkor harakatlari amalga oshirilmoqda.  

Mazkur jinoyatni fosh etish jarayoni Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratida bo`lib, holat to`liq o`rganilmoqda. Tergovning yakuni bo`yicha har bir ishtirokchining harakatlariga huquqiy baho beriladi hamda aybdorlar uchun jazo muqarrarligi ta`minlanishi kafolatlanadi. Bu haqda jamoatchilikka o`z vaqtida va batafsil e`lon qilinadi.

"Shu munosabat bilan fuqarolarimizdan hamda ijtimoiy tarmoq faollaridan mazkur masala yuzasidan noo`rin va haqiqatdan yiroq ma`lumotlarni tarqatmasliklarini, asil vaziyatdan bexabar odamlar orasida shov-shuvga sabab bo`luvchi vahimalarni chiqarmasliklarini so`raymiz", - deyiladi rasmiy xabarda. 

Eslatib o`tamiz, ushbu hodisa yuzasidan "Darakchi" ham o`z surishtiruvini olib bormoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1