Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a`lo xulqi, noyob iste`dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o`qishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san`at, ta`lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Mukofot bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag`ishlab o`tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko`krak nishonlari topshiriladi.
Mukofot sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining
50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
Bayjigitova Aziza Alliyar qizi - Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi
Foziljonova Sevaraxon Baxodirjon qizi - Andijon san`at kollejining 3-bosqich o`quvchisi
Alieva Gulnoza Akramovna - Buxoro muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi 1-akademik liseyning 3-bosqich o`quvchisi
Raimqulova Mohigul Dadajon qizi - Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-akademik liseyning 3-bosqich o`quvchisi
Nizamova Mohidil Maxmud qizi - Qashqadaryo viloyati Yakkabog` oziq-ovqat sanoati va xizmat ko`rsatish kasb-hunar kollejining 1-bosqich o`quvchisi
Xolbutaeva Dilfuza Sharofiddinovna - Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining 3-bosqich o`quvchisi
Voqqosova Gulira`no Davronboy qizi - Namangan viloyati To`raqo`rg`on ijtimoiy-iqtisodiyot va sport kollejining 3-bosqich o`quvchisi
Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Samarqand viloyati Pastdarg`om politexnika kasb-hunar kollejining 3-bosqich o`quvchisi
G`ozieva Nodira Rustam qizi - Guliston davlat universiteti qoshidagi 1-akademik liseyning 2-bosqich o`quvchisi
Shoyimova Komila O`rol qizi - Termiz davlat universiteti qoshidagi 2-akademik liseyning 2-bosqich o`quvchisi
Raimqulova Zulxayo Xikmatilla qizi - O`zbekiston davlat konservatoriyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
Mamajonova Zulfiyaxon Mirkomil qizi - Farg`ona viloyati Quva pedagogika va iqtisodiyot kollejining 3-bosqich o`quvchisi
Ismailova Ozoda Anvarovna - Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik liseyning 1-bosqich o`quvchisi
Botirova Aziza Xamidovna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyining 1-bosqich o`quvchisi





