AsosiyJinoyat

Toshkentda 11-sinf o`quvchisi 61 yoshli ayolni to`nab ketdi

'Toshkentda 11-sinf o`quvchisi 61 yoshli ayolni to`nab ketdi'ning rasmi

10 may kuni soat 18:30larda noma`lum shaxs Yashnobod tumani Baxt ko`li 1-berk ko`chasi hududidan o`tib ketayotgan  61 yoshli I.Zenieni qo`lida bo`lgan narxi 150.000 so`mlik charmdan ishlangan ayollar sumkasi, sumka ichidagi narxi 1.000.000 so`mlik “SAMSUNG” rusumli telefon apparatini hamda 1.200.000 so`m pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni 11-sinf o`quvchisi voyaga etmagan 17 yoshli Sh.Abror sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Sh.Abrorga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar