AsosiyJinoyat

Namanganlik 83 yoshli otaxon o`z hovlisida ko`knor etishtirishi aniqlandi

'Namanganlik 83 yoshli otaxon o`z hovlisida ko`knor etishtirishi aniqlandi'ning rasmi

12 may kuni o`tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, To`raqo`rg`on tuman IIB HPB profilaktika inspektori, JQB boshlig`i va tezkor vakillari tomonidan, To`raqo`rg`on tumanida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

U erda yashovchi, 1938 yilda tug`ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganida, hovlisidagi ekinlari orasida 1 tup ko`knor o`simligi o`xshash o`simlikni ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko`ra, ushbu o`simlik tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko`knor” o`simligi ekanligi ko`rsatilgan.

Ushbu holat bo`yicha To`raqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyati ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar