AsosiyJinoyat

Angren shahri va Mirobod tumanida fuqarolarni o`qishga kiritish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi

'Angren shahri va Mirobod tumanida fuqarolarni o`qishga kiritish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda fuqaro R. A. fuqaro O.ning ishonchiga kirib, uni 3 500 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali O`zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga kiritib qo`yishga va`da berib, oldindan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Mirobod tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro P.A., fuqaro S.ni tanishlari orqali Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Hurmatli ota-onalar va abiturientlar, amaldagi qonunchilikka ko`ra, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam ball to`plagan abiturientlarga ham oshirilgan to`lov-kontrakt to`lovini to`lash sharti bilan o`qishga kirish imkoniyati yaratilgan.

Agarda o`qishga kirish uchun etarli ball to`play olmagan bo`lsangiz, oliy ta`lim muassasasiga murojaat qilishingizni so`raymiz.

Kirish imtixonlari bo`yicha boshqa imtiyozlar haqida shu erda (http://lex.uz/docs/3244181) batafsil tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar