AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda kelib chiqishi noma'lum katta miqdordagi sifatsiz go`sht mahsulotlari aniqlandi

'Qashqadaryoda kelib chiqishi noma'lum katta miqdordagi sifatsiz go`sht mahsulotlari aniqlandi'ning rasmi

Bulung`ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida IIB xodimlari tomonidan “Qashqadaryo-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib kelayotgan M.F. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi to`xtatib tekshirilganida, yukxonasi hamda salon ichida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan 141 kg. og`irlikdagi go`sht mahsulotlari olib ketilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Shuningdek, ushbu avtomashina bilan birga harakatlanib kelayotgan, N.B. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi ham tekshirilganida, uning ham yukxonasi va saloni ichida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan, kelib chiqishi noma`lum bo`lgan 46 kg. og`irlikdagi go`sht mahsuloti borligi aniqlandi.

Ekspertiza tekshiruv natijasiga ko`ra, ushbu go`sht mahsulotlari iste`molga yaroqsizligi aniqlandi va tegishli tartibda yo`q qilindi.

    Boshqa yangiliklar