AsosiyJinoyat

Sergeli tumanida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish holati aniqlandi

'Sergeli tumanida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish holati aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Fuqaro U.A., M.S. va “Ph.” MChJ rahbari o`rinbosari U.J.lar oldindan til biriktirib, dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida sotish orqali daromad orttirishni ko`zlab, 1 850 quti “Azimak 500mg GMP” va 200 quti “Geptral 500mg” dori vositalarini xaridorga 127,1 mln so`mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar