Buxoro viloyatida jinoyatchi va guvoh o`rtasida 8 may kuni tergov ishi yuzasidan yuzlashtirish amalga oshiriladi. Bu haqda Zamon informasion dasturida xabar qilindi.
Jinoyatchi ayol vaziyat jiddiyligini va jazo muqarrarligini anglab, sarosimaga tushadi. Shu bois jinoyat ishining odam savdosi bilan bog`liq qismini bosti-bosti qilish va uni jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga ichki ishlar xodimiga pora taklif qiladi.
Xodim rad javobini bersa-da, qattiq qo`rquv iskanjasidagi jinoyatchi ayol o`z gapida qat`iy turib pora taklif etishda davom etadi. Tergovchiga qayta-qayta tergov ishini yopishi uchun 500 AQSh dollari miqdoridagi pulni berishini aytadi.
Shundan so`ng o`z aybini yana bir karra oshirgan ayol pora berayotgan paytida jinoyat ustida qo`lga olindi.






