Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Fuqaro I.B. “S.A.” MChJning muhri, shtamp va blankalarini soxtalashtirib, hech qanday komperessor va uskunalarsiz avtotransport vositalarini tekshiruvdan o`tkazilganligini va soz holatda ekanligini tasdiqlovchi guvohnomalarni 50 ming so`mdan 100 ming so`mgacha haq evaziga tayyorlab berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.