Bu haqda IIV JQBB Uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo`limi tezkor xabar e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 10 may kuni IIV JQBB Uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo`limi hamda Shayxontohur tumani IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Qibray tumani «Mayskiy» mahallasida tezkor qidiruv tadbiri o`tkazilgan. Tadbir natijasida, 2020 yil 18 sentyabr kunidan Toshkent shahar Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismida «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va ehtiyot chorasi sifatida «Qamoq» belgilangan, tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun qidiruv e`lon qilingan 1992 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan X.Sh. Toshkent viloyati hududi yashirinib yurgan joyi aniqlanib va ushlandi va Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limiga topshirildi.






