AsosiyJamiyat

Toshkentda telefonda gaplashib yo`lni kesib o`tayotgan piyoda ogohlantirildi

2016 yilning 1 martidan kuchga kirgan yangi tahrirdagi "Yo`l harakati qoidalari"ning 19-bandida piyodalarga yo`lda yurganda, piyodalar uchun ajratilgan joylardan o`tayotganda hayolni chalg`ituvchi narsalardan, jumladan telefon, planshetlardan foydalanish, videoko`rish, gazeta, jurnal va kitob o`qish man etilgani haqida xabar bergan edik.

Internet foydalanuvchisi ijtimoiy tarmoqlardan biriga mana shu qoidaga amal qilmagan va yo`lni kesib o`tayotganida telefon orqali suhbatlashgan piyodani YPX xodimi ogohlantirayotgani aks etgan surat joyladi. 

Izohlarda aksariyat foydalanuvchilar mazkur qoida juda o`rinli ekanligini, zero yo`lda harakatlanayotgan piyodalarning uyali telefondan, planshetlardan foydalanishlari, yo`lda harakatlanayotgan vaqtda quloqlariga turli moslamalarni taqib olib gaplashishlari, musiqa eshitish va hatto kino ko`rishlari jiddiy YTHlarni keltirib chiqarishi mumkinligini yozib qoldirgan.

    Boshqa yangiliklar