Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Fuqaro A.U. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, uni 5 000 AQSh dollari evaziga Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da berib, shundan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
Hurmatli ota-onalar va abiturientlar, amaldagi qonunchilikka ko`ra, minimal balldan kam ball to`plagan abiturientlarga oshirilgan to`lov-kontrakt to`lovini to`lash sharti bilan o`qishga kirish imkoniyati yaratilgan.
Agarda o`qishga kirish uchun etarli ball to`play olmagan bo`lsangiz, oliy ta`lim muassasasiga murojaat qilishingizni so`raymiz.






