O`zbekistonda obodonlashtirish oyligi start oldi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi farmoyishiga muvofiq, mamlakatimizda obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish oyligi boshlandi.
Oylik doirasida poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida ekologik aksiya o`tkazildi.
O`zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda qo`mita xodimlari, san`atkorlar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Aksiya doirasida boqqa mevali va manzaralari daraxt ko`chatlari ekildi.
Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo`mitasidan ma`lum qilishlaricha, poytaxtimiz mahallalari, xiyobonlari, ko`chalar va ko`p qavatli uylar atrofiga mart oyida uch yuz ming tupdan ko`proq daraxt, buta va gul ko`chatlari ekish rejalashtirilgan.





