AsosiyDunyo

Pingvin har yili o`z xaloskori bilan uchrashish uchun 5 ming kilometr suzib o`tadi

Janubiy Amerikaning Patagoniya hududida odam va pingvin o`rtasidagi noyob munosabat qayd etildi.

Mana besh yildirki mahalliy Juan Pereyra de Souza ismli fuqaro 2011 yilda o`zi qutqargan Dindim laqabli pingvinni mehmonga qabul qiladi. Dindim erkakdan besh ming kilometr uzoqda yashaydi, deb yozadi Independent.

Pingvin Juan Pereyro de Souzaning yonida iyundan fevralga qadar birga yashaydi, keyin esa yana ortga qaytadi.

Erkakning hikoya qilishicha, 2011 yilda neft qoplab olgan pingvinni Rio-de-Janeyro qirg`oqlari bo`yida o`lim bilan olishayotgan holatda ko`rib qolgan hamda Dindimni yuvib, davolagan.

"Shundan beri pingvin meni oila a`zosiday ko`radi shekilli, mendan boshqa hech kimga qo`l tekkazdirtirmaydi. Men esa uni qo`lga olishim, ovqatlantirishim, yuvintirishim mumkin", — deydi Patagoniya hududining vakili.

 

    Boshqa yangiliklar