️Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, poytaxtimizning Chilonzor tumanida Davlat bojxona qo`mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda Lasetti” avtotransport vositasida yo`lovchi sifatida ketayotgan va avvaldan kuzatuvga olingan shaxs K.A. to`xtatilib, belgilangan tartibda ko`zdan kechirilgan.
Natijada, yo`lovchining yukxonadagi sumkasi ichida atir qutisiga yashirilgan sellofan paket bojxona xodimlarining diqqatini tortgan.
Ushbu paket ochib ko`rilganida esa uning ichida sof vazni 195,17 gr.ni tashkil qiluvchi “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu shaxsga tegishli kichik elektron tarozi ham ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov organiga yuborilgan.






