2021 yil 26 may kuni Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan "Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Qoraqalpog`iston Respublikasida sog`liqni saqlash tizimini kompleks baholash – tanishtiruvchi kirish uchrashuvi va missiya arafasidagi brifing" mavzusida onlayn tadbir o`tkazildi.
Tadbirda JSST vakillari, mamlakat parlamenti a`zolari, O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirlari, investisiyalar va tashqi savdo vazirining o`rinbosari ishtirok etdi.
Tadbirda so`zga chiqqan Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi raisi M. Kadirxanova hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisining o`rinbosari D.Tashmuxamedova JSST tomonidan atrof-muhit holatini baholash va monitoringini olib borish Orol dengizi mintaqasida sog`liqni saqlashni manzilli moliyalashtirish, shubhasiz, ekologik vaziyatni yaxshilashga va aholi sog`lig`ining sifat ko`rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qilishini ta`kidlab o`tishdi.
Tadbir davomida Orol dengizi mintaqasida sog`liqni saqlash tizimi, uning sog`liqqa ta`siri, atrof-muhitga ta`siri, bandlik va mintaqadagi iqtisodiy o`sish, gender tenglik va yoshlarni ushbu muammolarni o`rganishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.