AsosiyJamiyat

Jahon bankining Statistik salohiyat indeksida O`zbekiston 16 pog`onaga, Demokratiya indeksida esa 2 pog`onaga ko`tarilgan

'Jahon bankining Statistik salohiyat indeksida O`zbekiston 16 pog`onaga, Demokratiya indeksida esa 2 pog`onaga ko`tarilgan'ning rasmi

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo`yicha respublika kengashining yig`ilishi bo`lib o`tdi

Unda shu yilning o`tgan davrida ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohadagi qator xalqaro reytinglarda O`zbekistonning o`rni yaxshilangani ta`kidlandi.

Jahon bankining Statistik salohiyat indeksida O`zbekiston 16 pog`onaga, Demokratiya indeksida esa 2 pog`onaga ko`tarilgan. Global innovasion indeksda O`zbekiston 2015 yilga nisbatan o`rnini 29 pog`onaga yaxshilab, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida 4-o`rinni qayd etdi.

«Ayollar, biznes va qonun indeksi»da O`zbekiston xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo`yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritilib, 5 pog`onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasidan 134-o`rinni egallagan.

Yig`ilishda xalqaro reyting va indekslar bo`yicha samaradorlik ko`rsatkichlariga (KPI) erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to`g`risida Kengash a`zosi — AOKA direktorining birinchi o`rinbosari Dilshod Saidjanovning axboroti eshitildi.

Boshqa yangiliklar