AsosiyJamiyat

O`zbekiston 2021 yil 1 oktyabrga qadar mingta tez tibbiy yordam maxsus avtotransportini xarid qiladi

'O`zbekiston 2021 yil 1 oktyabrga qadar mingta tez tibbiy yordam maxsus avtotransportini xarid qiladi'ning rasmi

“Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki ishtirokida “O`zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko`rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Qaror bilan “O`zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko`rish” loyihasining maqsadli ko`rsatkichlari tasdiqlandi.

Unga ko`ra, jumladan:

  • Xalqaro standartlarga javob beruvchi 7 ta Milliy referens laboratoriya yaratiladi;
  • Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo`limlarida faoliyat yuritayotgan 17 ming 554 nafar xodimning malakasi oshiriladi;
  • 475 ta sanitariya-epidemiologiya xazmati muassasalari rekonstruksiya qilinadi, kapital ta`mirlanadi va jihozlanadi;
  • COVID-19 infeksiyasini aniqlash uchun test hajmi amaldagi ko`rsatkichga nisbatan ko`paytirilib, 500 mingta test sinovlari o`tkaziladi;
  • Respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 2021 yil 1 oktyabrga qadar 1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari xarid qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar