AsosiyDunyo

Misr hukumati ayollarga jamoat joylarida hijobda yurishni taqiqlaydi

Misr hukumati ayollarga jamoat joylarida musulmon ayollarning an`anaviy bosh kiyimi-niqob(hijob)da yurishni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Nashrning ma`lum qilishicha, aksariyat hukumat vakillari mazkur taqiq tarafdori. Ularning fikricha, ayollarning yuzni yopib turuvchi hijob taqishi islom dinining talabi hisonlanmaydi. 

Yuridik fanlar professori Amna Noseirning ma`lum qilishicha, ayollarning paranjida yurishi islom dini paydo bo`lgunga qadar Arab yarim orolida yahudiylar tomonidan joriy qilingan. 

Muqaddas Qur`on kitobida ham ayollarning kamtarona kiyinishi va sochlarini yopib yurishi kerakligi aytilgan, shuning uchun ayollar yuzini to`laligicha yopib yurishi shart emas.

    Boshqa yangiliklar