AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi ma`qullandi

'O`zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi ma`qullandi'ning rasmi

"O`zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasi"  tashkil etiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n beshinchi yalpi majlisida aytildi.

Ma`lum qilinishicha, mamlakatimizda so`nggi yillarda  gender tenglik bo`yicha 25 ta qonun hujjati qabul qilindi.

Ilk marotaba xotin-qizlar soni milliy parlamentda  BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga etdi.  

Xususan, 2020 yilda O`zbekiston  gender tenglik bo`yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog`onaga yuqoriga ko`tarildi

Xotin-qizlar  siyosiy partiyalardagi ulushi 44 foizga, oliy ta`lim sohasida 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga etdi . Shuningdek ular axborot-kommunikasiya, innovasiya, energetika, muxandislik sohalariga ham  jalb etilmoqda.

Boshqaruv lavozimidagi qamrov esa,   27 foizga etdi. 81 ta vazirlik va idorada ilg`or va bilimli ayollardan iborat 15 ming nafardan ortiq kadrlar zaxirasi shakllantirildi

E`tiborli jihati shundaki,  maqullangan mazkur  strategiyadagi yo`nalishlar BMTning 2030 yilgacha mo`ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq  belgilangan.

Boshqa yangiliklar