AsosiyJamiyat

"Andijonlik 5 oylik kelinchakning zo`rlangani o`z tasdig`ini topmadi". Shov-shuv bo`lgan voqea yuzasidan rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda

'"Andijonlik 5 oylik kelinchakning zo`rlangani o`z tasdig`ini topmadi".  Shov-shuv bo`lgan voqea yuzasidan rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda'ning rasmi

Avvalroq, Andijonlik 5 oylik kelinchak bir qancha erkaklar tomonidan zo`rlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik, holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tomonidan nazoratga olindi, shuningdek, viloyati hokimligi mazkur jinoyatni sodir etgan jinoyatchilar o`z qilmishlari uchun qonun oldida albatta javob berishini ma`lum qildi.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida Andijonda 5 oylik kelinning zo`rlanishi bilan bog`liq e`lon qilinayotgan xabarlar yuzasidan RASMIY BAYoNOT berilishi kutilmoqda.

Ma`lum bo`lishicha sudga oid biologiya va tolali materiallarni kriminalistik tekshirish, sudga oid fizika-texnikaviy ekspertiza xulosalari olingan.

Yakuniy xulosalar va tergov harakatlari davomida to`plangan inkor qilib bo`lmas dalillarga asosan fuqaro O.O.ning zo`rlanganligi to`g`risidagi vajlari o`z tasdig`ini topmagan.

Shuningdek, jabrlanuvchi O.O. yaqin qarindoshlari va himoyachisi ishtirokida so`roq qilinganida, uni hech kim zo`rlab nomusiga tegmaganligini, bunday ko`rsatma berishiga sabab (........) bo`lganligini ma`lum qilgan.  

Surishtiruvlar davomida, ko`pchilik bilib bilmay ayblagan shaxslar voqea sodir bo`lgan kuni hodisa joyida, ya`ni jabrlanuvchi O.O.ga tegishli bo`lgan dala shiyponida umuman bo`lmaganliklari ham aniqlangan.

Batafsil rasmiy bayonotda ma`lum qilinadi.

Sal avval xabar qilganimizdek, "Darakchi" mazkur hodisa bo`yicha o`z surishtiruvini olib bordi. Shundan so`ng, kelinchakning zo`rlanishi voqeasi atrofidagi yolg`on va vahimali xabarlar paydo bo`ldi va holatga prokuratura munosabat bildirgan edi.

    Boshqa yangiliklar