AsosiyJinoyat

Sharof Rashidov tumanida fuqaroga 42 mln so`mga er olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Sharof Rashidov tumanida fuqaroga 42 mln so`mga er olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan  tezkor tadbir shtkazildi. 

Unda, fuqaro X.Q. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Sharof Rashidov tumani hokimligi zaxirasida bo`lgan 0,24 gektar er maydonini olib berishni va`da qilib evaziga 42 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar