AsosiyJamiyat

Senat – O`zbekistondagi 40 foiz ko`prik va yo`l o`tkazgichlar yaroqsiz, qoniqarsiz va ta`mirtalab

'Senat – O`zbekistondagi 40 foiz ko`prik va yo`l o`tkazgichlar yaroqsiz, qoniqarsiz va ta`mirtalab'ning rasmi

O`zbekistonda mavjud ko`priklarning deyarli yarmi yaroqsiz holatda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o`n beshinchi yalpi majlisida ma`lum qilindi.

Unda aytilishicha, respublika avtomobil yo`llarida o`tkazilgan xatlov natijalariga ko`ra, bugungi kunda 15 mingga yaqin ko`prik mavjud bo`lib, shundan 40 foiz ko`prik va yo`l o`tkazgichlarning ekspluatasion holati yaroqsiz, qoniqarsiz va ta`mirtalab holatga kelib qolgan.

Bundan tashqari, avtomobil yo`llarida joylashgan va egasi aniqlanmagan ko`priklarni saqlovchilarga topshirish ishlari amalga oshirilishi o`rganilganida 3477 dona ko`prik o`z egalariga berilmagani aniqlandi.

“O`z holiga tashlab qo`yilgan va yaroqsiz holga kelgan ko`priklar esa fuqarolarning xavfsiz harakatlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda, ularning haqli e`tirozlariga sabab bo`lmoqda”, – deyiladi Senat axborotida.

Boshqa yangiliklar