AsosiyJamiyat

Qashqadaryodan Toshkentga ketayotgan “Lasetti” Sirdaryoda portlab ketdi. Qurbonlar bor

'Qashqadaryodan Toshkentga ketayotgan “Lasetti” Sirdaryoda portlab ketdi. Qurbonlar bor'ning rasmi

Bugun, 1 iyun soat 03:40 da Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Zafar qishlog`ida yashovchi fuqaroning boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Yangi Davr” MFY hududidan o`tuvchi “Termiz-Toshkent” yo`lida harakatlanib ketayotgan vaqtda avtomashinaga o`rnatilgan gaz ballonida yorilish sodir bo`lgan. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar berdi. 

Natijada avtomashinada bo`lgan ikki nafar yo`lovchilar voqea joyida vafot etgan hamda haydovchi va bir nafar yo`lovchi turli darajada jarohat olib Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar