Joriy yilning 08 may kuni Rishton tumani IIB YHXG inspektori M.E. tomonidan fuqaro I.M.ga nisbatan “VAZ-2102” rusumli avtomobilni hujjatlarsiz boshqarganligi bo`yicha ma`muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo`yilgan edi.
Shundan so`ng, fuqaro I.M. Rishton tumani IIB YHXG inspektori M.E.ga o`ziga nisbatan rasmiylashtirilgan hujjatlarni ijobiy hal qilib avtomashinani jarima maydonchasidan olib chiqish evaziga 600.000 ming so`m miqdordagi pullar pora taklif qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Xodimning rahbariyatga bildirgisi asosida shu kuni O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi va IJQK Departamentining Rishton tumani bo`limi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro I.M. Rishton tumani IIB YHXG inspektori M.E.ga 500.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Rishton tumani prokuraturasiga yuborildi.
01.06.2021 17:42
Rishtonda YPX xodimiga pora taklif qilgan fuqaro ishi tuman prokraturasiga yuborildi
