AsosiyJamiyat

Andijon – O`sh yo`nalishida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklandi

'Andijon – O`sh yo`nalishida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklandi'ning rasmi

Bugun, 1 iyun sanasidan Andijon – O`sh yo`nalishida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklanib, Qirg`iziston Respublikasiga tegishli “Transordo” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 12 dona zamonaviy mikroavtobuslar qatnovlarni amalga oshirishni boshladi.  Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. 

Ushbu yo`nalishdagi qatnovlar 2019 yilning 25 sentyabr sanasidan yo`lga qo`yilgan edi. 2020 yilda Respublikamiz hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida mazkur yo`nalishdagi qatnovlar vaqtinchalik to`xtatilgan edi.  

Eslatib o`tamiz, davlat chegaralarini kesib o`tish jarayonida ikki davlat fuqarolaridan so`nggi 72 soat ichida o`tkazilgan koronavirus infeksiyasi yo`qligini ko`rsatuvchi PZR testi natijalari hamda O`zbekiston fuqarolaridan xorijga chiqish biometrik pasporti mavjud bo`lishi talab etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar