AsosiyJamiyat

O`zbekiston Qozog`iston bilan aviaqatnovlar sonini ko`paytirmoqda

'O`zbekiston Qozog`iston bilan aviaqatnovlar sonini ko`paytirmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi bilan Qozog`iston Respublikasi Aviasiya ma`muriyatlarining joriy yil may oyidagi kelishuviga muvofiq ikki davlat o`rtasida yangi muntazam aviaqatnovlar tashkil etildi. Jumladan, Samarqand – Olmaota va Turkiston – Toshkent muntazam aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Samarqand – Olmaota – Samarqand yo`nalishida “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalarining har biri tomonidan haftasiga 2 marotabadan qatnov amalga oshiriladi.

Turkiston – Toshkent – Turkiston yo`nalishida “Air Astana” aviakompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Fly Arystan” aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 2 marotaba qatnov bajariladi.

Ikki davlat o`rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangandan buyon sanitariya-epidemiologik talablarga qat`iy rioya qilgan holda “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalarining har biri tomonidan Toshkent – Olmaota yo`nalishida haftasiga 7 marotabadan, Toshkent – Nur-Sulton yo`nalishida esa haftasiga 3 marotabadan muntazam yo`lovchi qatnovlari bajarilmoqda.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” va "SCAT Airlines" aviakompaniyalarining har biri tomonidan "Urganch – Aqtau – Urganch" (haftasiga 2 marta) yo`nalishida hamda "SCAT Airlines" aviakompaniyasi tomonidan "Aqtau – Nukus – Aqtau" (haftasiga 1 marta) yo`nalishida muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar