Kecha, 2 may kuni soat taxminan 22:00 lar atrofida Olmaliq shahrida yashovchi 2002 yilda tug`ilgan fuqaro E.Sakieva shahar xiyobonda joylashgan "Ona va bola" monumentini ustiga chiqib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, noo`rin xatti-harakat sodir qilgan va jarayon aks etgan video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Mazkur holatda, fuqaro E.Sakievaning xatti-harakatlarida O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlik mavjudligi sababli, Olmaliq shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko`rish uchun to`plangan hujjatlar hududiy sud organiga yuborilmoqda.
Eslatib o`tamiz, MJtKning 183-moddasiga ko`ra, mayda bezorilik, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik – BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi.