AsosiyJamiyat

Olimjon O`sarov O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining yangi raisi etib saylandi

'Olimjon O`sarov O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining yangi raisi etib saylandi'ning rasmi

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining navbatdan tashqari V konferensiyasi o`tkazildi.

Unda O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o`rinbosari Xolmurod Salimov Uyushmaning 2019-2021 yillar oralig`ida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.

Yig`ilishda Uyushmaning markaziy apparat xodimlari, boshqaruv a`zolari, kengashlar raislari va a`zoalri, viloyat bo`limi raislari, mutaxassislari hamda OAV vakillari qatnashdi.

️Konferensiya ishida tashkiliy masalalar ham ko`rib chiqildi. Unga ko`ra, Olimjon O`sarov O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi etib saylandi.

Avvalgi rais Sa`dulla Hakimov o`tgan yili vafot etgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar