AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda 4 yoshli farzandini 25 mln so`m evaziga sotmoqchi bo`lgan ayol ushlandi

'Qashqadaryoda 4 yoshli farzandini 25 mln so`m evaziga sotmoqchi bo`lgan ayol ushlandi'ning rasmi

Chiroqchi tumani ro`yxatida turib, Shahrisabz shahrida vaqtincha yashovchi (ism-familiyalar o`zgargan) 35 yoshli Asila Achilova va Kitob tumanida doimiy ruyxatda turib, vaqtincha Shahrisabz shahri “Laylakon” MFYda yashovchi 43 yoshli Amira Adilova Asilaning 4 yoshli o`g`li Toirov To`lqinni sotishga qaror qiladi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar berdi.

Bu holatdan xabar topgan Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, viloyat IIB, Shahrisabz tumani IIB va DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Asila Achilova va Amira Adilova Toirov To`lqinni Shahrisabz tumani “Loliston” MFYda joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida xaridorga 25.000.000 so`m evaziga sotayotganda qo`lga olindi.

Boshqa yangiliklar