AsosiyJamiyat

"Yo`lovchilardan biri homilador, haydovchi voqea joyidan qochib ketgan..." Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTH bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar berildi

'"Yo`lovchilardan biri homilador, haydovchi voqea joyidan qochib ketgan..." Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTH bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar berildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, poytaxtda "Nexia-3", "Lacetti" va "Mercedes-Benz" avtohalokatga uchragan. Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar taqdim etdi. 

2021 yil 4 iyun kuni soat 11:16 da 102 raqamiga Chilonzor tumani Baynalminal ko`chasida uchta transport vositalari:
- 1964 yilda tug`ilgan Abdunabi I. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” (davlat raqami 01 G 445 DB) rusumli avtomobil;
- 1978 yilda tug`ilgan Sergey G. boshqaruvidagi “Nexia-3” (davlat raqami 01S 254 MB ) avtomobili;
- shaxsi aniqlanayotgan haydovchisi voqea joyini o`zboshimchalik bilan tark etgan “Lacetti Gentra” (davlat raqami 01 597 SVA) avtomobillari to`qnashuvi haqida xabar kelib tushdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, haydovchi - 2000 yilda tug`ilgan Ayub A. bo`lgan.
YTHning sabablariga aniqlik kiritilmoqda. “Nexia-3” avtomobili haydovchisining so`zlariga ko`ra, “Lacetti Gentra” avtomobili haydovchisi qoidalarni buzgan holda qarama-qarshi harakat yo`nalishiga chiqib ketgan.
YTH oqibatida “Mercedes-Benz” avtomobili haydovchisi 1964 yilda tug`ilgan Abdunabi I. hamda uning yo`lovchilari - 1986 yilda tug`ilgan Zulfiya M. (4 oylik xomilador), 1986 yilda tug`ilgan Ramil M., 2016 yilda tug`ilgan voyaga etmagan S.R., 1985 yilda tug`ilgan Sadriddin B.lar badan shikastlari bilan shifoxonaga etkazildilar.
Mazkur fakt bo`yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan tergov oldi tekshiruvi o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar