Ayni paytda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida brifing bo`lib o`tmoqda, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri.
Brifingda ma`lum qilinishicha, bu haftada Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida:
✅ bugun barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi yuzasidan taqdimot;
✅ ertaga chorvachilikni rivojlantirish hamda ozuqa bazasini ko`paytirish masalalari bo`yicha videselektor yig`ilishi o`tkazilishi belgilangan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 10-11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi. Asosiy muzokaralar tashrifning birinchi kuni Dushanbe shahrida bo`lib o`tadi. Tashrifning ikkinchi kunida Xo`jand shahrida qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Kanalga ulanish: 👉@gazetchi_live






