AsosiyJamiyat

“Malika” savdo majmuasi va boshqa davlat aktivlari xususiylashtirilishi navbatdagi bosqichga o`tdi

'“Malika” savdo majmuasi va boshqa davlat aktivlari xususiylashtirilishi navbatdagi bosqichga o`tdi'ning rasmi

Unda, ikkinchi bosqichga o`tgan talabgorlarning savdo jarayonlardagi tijorat takliflari paketi ochiladi. Bu haqda spot.uz xabar bermoqda.

Joriy yil 8-iyun kuni soat 15:00da Davaktiv agentligida quyidagi davlat aktivlari  sotib olish bo`yicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichiga o`tgan talabgorlarning tijorat takliflari paketi ochiladi:

  • “Poytaxt biznes majmuasi” MChJ mulkiy majmuasi;
  • “Ichan qal`a” mehmonxona majmuasi;
  • “Qizil suv sport sog`lomlashtirish” MChJ;
  • “Malika” savdo va maishiy xizmat ko`rsatish majmuasi;
  • “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi”;
  • “Markaziy bino” hududi

 

Ushbu jarayonga Davlat tender komissiyasi a`zolari, talabgorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi.

Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, shaxsan qatnasha olmaydigan talabgorlar uchun videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Shundan so`ng, Ishchi organ tomonidan 10 ish kuni mobaynida davlat aktivini sotib olishga talabgorning narx taklifi, to`lovlarni amalga oshirishning muddatlari va to`lov qobiliyatining etarliligi o`rganiladi hamda natijasi bo`yicha hisobot tayyorlanib, Davlat tender komissiyasiga ko`rib chiqish va qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.

Davlat tender komissiyasining savdoning ikkinchi bosqichi yakunlari bo`yicha qarori Davaktiv agentligining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar