Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.U. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni “Progress” umumta`lim maktabi hamda tez tibbiy yordam markaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo`yish evaziga 1 000 AQSh dollari hamda 12 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
Davlat tashkilotlari yoki boshqa muassasalarda ishlash niyatida bo`lganlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali murojaat qilishlari ma`lum qilinmoqda.






