Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-aprel oylari davomida qiymati 23,6 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 30,8 ming tonna pomidor eksport qilgan.
Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,3 ming tonnaga ko`p.
2021 yilning yanvar-aprel oylari davomida O`zbekiston pomidor eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Rossiya – 17,5 ming tonna
- Qozog`iston – 9,6 ming tonna
- Qirg`iz R. – 2,9 ming tonna
- Tojikiston – 876,3 tonna
- Afg`oniston – 12,0 tonna
- Ukraina – 5,4 tonna
- BAA – 1,3 tonna
- Germaniya – 0,4 tonna
Eslatib o`tilishicha, O`zbekiston aprel oyida qiymati 7,9 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 10,3 ming tonna pomidor eksport qilgan.
2021 yilning yanvar-aprel oylari davomida xorijiy davlatlarga pomidor eksport qilgan hududlar:
- Buxoro viloyati – 6,8 ming tonna
- Toshkent viloyati – 6,8 ming tonna
- Xorazm viloyati – 3,5 ming tonna
- Sirdaryo viloyati – 3,3 ming tonna
- Surxondaryo viloyati – 2,0 ming tonna
- Andijon viloyati – 1,5 ming tonna
- Farg`ona viloyati – 1,5 ming tonna
- Namangan viloyati – 1,3 ming tonna
- Qashqadaryo viloyati – 1,2 ming tonna
- Navoiy viloyati – 1,0 ming tonna
- Toshkent shahri – 673,4 tonna
- Samarqand viloyati – 512,9 tonna
- Jizzax viloyati – 362,2 tonna
- Qoraqalpog`iston R. – 236,3 tonna
Ma`lumot o`rnida, o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda Buxoro viloyatida pomidor eksporti 5,7 ming tonnaga oshgan.






