«O`zgidromet» xizmati hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini e`lon qildi.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 12–17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25–27 daraja, kunduzi 36–38 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 8–10 iyunda 31–36 daraja; 11 iyunda 33–38 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 8 iyunda ba`zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 33–38 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 8 iyunda ba`zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 34–39 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 8 iyunda ba`zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23–28 daraja, kunduzi 38–43 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 8 iyunda ba`zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 8–9 iyunda 34–39 daraja; 10–11 iyunda 32–37 daraja issiq bo`ladi.
Respublikaning tog`li va tog`oldi hududlarida bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, 8 iyunda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momoqaldiroq bo`lishi mumkin. 9–11 iyun kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, 8 iyunda ba`zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 22–27 daraja issiq bo`ladi.






