AsosiyJamiyat

"Yoshlar multimedia studiyalari" loyihasiga start berildi

'"Yoshlar multimedia studiyalari" loyihasiga start berildi'ning rasmi

  Roppa-rosa bir oy oldin yosh jurnalistlar va Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti talabalari uchun «Yangi O`zbekiston- Yangi nigoh» media haftaligi tashkil qilinib, haftalik davomida 100 nafar faol va iqtidorli ishtirokchi  saralab olingan edi. Bugun ushbu ishtirokchilar Yoshlar ijod saroyiga to`plandilar va kelgusi rejalar hamda oldinda ularni kutayotgan qulay imkoniyatlar haqida batafsil ma`lumot berildi. 

Uchrashuvda O`zEOVMA bosh direktori Jaloliddin Safoev, ijodiy tashkiliy masalalar bo`yicha direktor o`rinbosari Rajab Rajabov Loyihaning asosiy maqsadi va rejalari haqida so`z yuritishdi. Ma`lum qilinishicha, Loyiha qatnashchilari uchun 9-20 iyun kunlari Yoshlar ijod saroyida o`quv-seminarlari tashkil etiladi. 

Seminarda qatnashchilarga xalqaro media ekspertlar, yurtimizning taniqli jurnalist va boshlovchilari, multimedia vositalarini mutaxassislari tomonidan mahorat darslari tashkil etiladi. Bundan tashqari 20-30 iyun kunlari qatnashchilar uchun mediaoromgoh tashkil qilinib, keng qamrovli darslar davom ettiriladi.

 Seminarlar davomida ishtirokchilar o`qish bilan birga o`zlari tayyorlagan mediamahsulotlarini qator nodavlat-notijorat telekanallarida namoyish etish imkoniyatiga ega bo`lishadi. Bunga qo`shimcha ravishda qatnashchilar o`quv seminarlari davomida Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan Yoshlar studiyasida malaka oshirish va  ishlashlari mumkin. 

Eng yaxshi va iqtidorli qatnashchilarni bundanda yaxshi imkoniyatlar kutnoqda. Jarayonlarni biz bilan birga kuzatib boring.

Boshqa yangiliklar