AsosiyJamiyat

Jizzaxda 300 mln so`mlik qarzini to`lamay yurgan fuqaro MIB xodimlarini ovloq joyda kaltakladi(video)

'Jizzaxda 300 mln so`mlik qarzini to`lamay yurgan fuqaro MIB xodimlarini ovloq joyda kaltakladi(video)'ning rasmi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida 300 million qarzini bermay kelayotgan fuqaroning uyidan televizor, changyutkich, mikroto`lqinli pechni xatlab olib chiqib ketayotgan majburiy ijro byurosi xodimlari qarshilikka uchradi. Bu haqda Zamon informasion dasturida ma`lum qilindi.  

Voqeaning ertasiga qarzdor erkak qarzini to`lashini aytib, ikki xodimni ovloq joyga olib borib kaltaklagan. Ular o`rta darajada jarohat olgani aytilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar