Joriy yilning yanvar-may oylarida Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida 4 ta yangi avtobus yo`nalishlarini ochish va 5 ta avtobus yo`nalishini optimizasiya qilish orqali 28 ta mahalla avtobus qatnovlari bilan qamrab olindi.
Bugungi kunda viloyatda yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanayotgan 292 ta avtokorxonalar tomonidan 199 ta yo`nalishda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatilmoqda.
2021 yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Xorazm viloyatida jami 521,2 km uzunlikdagi ichki xo`jalik avtomobil yo`llarini ta`mirlash, shundan 431,0 km qismiga tosh - shag`al yotqizish, ichki yo`llarda joylashgan 17 dona ko`priklarni ta`mirlash ko`zda tutilgan.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 195,8 mlrd.so`m mablag` yo`naltirilishi belgilangan. Bu haqda Xorazm viloyati Transport boshqarmasi boshlig`i R.Babaev jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.






