AsosiyJamiyat

Qarshida «Jiguli» beton to`siqdan "sakrab" qarama-qarshi yo`nalishdagi Nexia’ga urildi

'Qarshida «Jiguli» beton to`siqdan "sakrab" qarama-qarshi yo`nalishdagi Nexia’ga urildi'ning rasmi

Qarshi shahridagi Islom Karimov ko`chasida yuqori tezlikda harakatlanib kelgan «Jiguli» beton to`siqdan «sakrab o`tib», qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia’ga urildi. Bu haqda daryo xabar bermoqda.

Ma`lumot berilishicha, YTH 2021 yilning 1 iyun kuni soat 12:37 da sodir bo`lgan.

Ta`kidlanishicha, Qarshi shahridagi Islom Karimov ko`chasi Artel savdo majmuasi ro`parasida haydovchi Yu.A. boshqaruvidagi davlat raqami 70 L 713 PA bo`lgan «BAZ—2107» yuqori tezlikda harakatlanib kelib, boshqaruvni yo`qotgan. Shundan so`ng avtomashina yo`lni ajratib turuvchi beton to`siqdan oshib o`tib, qarama-qarshi yo`ldan harakatlanib kelayotgan haydovchi M.A. boshqaruvidagi Nexia’ga urilib, YTH sodir bo`lgan.

Oqibatda «Jiguli» haydovchisi og`ir tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qarshi filialiga yotqizilgan. Biroq ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan haydovchi vafot etgan. Nexia haydovchisi esa engil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar