AsosiyJamiyat

Aholi tomorqalari va xonadonlarida maydoni kamida 10 sotix bo`lgan issiqxonalar barpo etiladi

'Aholi tomorqalari va xonadonlarida maydoni kamida 10 sotix bo`lgan issiqxonalar barpo etiladi'ning rasmi

“Davlat-xususiy sheriklik asosida hududlarda zamonaviy issiqxona xo`jaliklarini tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko`ra:

  • issiqxona xo`jaligiga ega bo`lish va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish istagini bildirgan aholi (tashabbuskor aholi) tomorqalari va xonadonlarida maydoni kamida 10 sotix bo`lgan issiqxonalar barpo etiladi;
  •  qishloq xo`jaligida foydalanishga kiritiladigan er maydonlari, zaxiradagi hosildorligi past bo`lgan paxta va g`alladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz deb topilgan bog` va tokzorlar joylashgan bo`sh er maydonlarida har birining maydoni kamida 20 sotix bo`lgan turar joy majmuasini ham qamrab olgan issiqxonalar (uy-issiqxona majmualari) tashkil qilinadi.

 Uy-issiqxona majmualari davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida quriladi.  

Tashabbuskor aholini tanlash investorlar va tuman hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.  

Uy-issiqxona majmualarini qurish uchun xorijdan olib kelinadigan, O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yig`iladigan alohida qismlardan iborat tayyor holdagi zamonaviy issiqxonalar 2021 yil 31 dekabrgacha bojxona bojidan ozod qilinadi.  

Shuningdek, issiqxonalar va uy-issiqxona majmualarini ishlab chiqarish uchun xorijdan olib kelinadigan, O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan materiallar, xomashyolar va butlovchi qismlar 2023 yil 31 dekabrgacha bojxona bojidan ozod qilinadi.  

 Issiqxonalar va uy-issiqxona majmualari uchun er solig`i stavkalari hamda uy-issiqxona majmualari tarkibidagi turar joylar uchun mol-mulk solig`i stavkalari ular foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab uch yil davomida 50 foiz miqdorida o`rnatiladi.  

Qarorga ko`ra, sohadagi oliy ta`lim va professional ta`lim muassasalarida zamonaviy issiqxona xo`jaligini tashkil etish, ularda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali usullarini o`qitish yo`lga qo`yiladi.  

Bundan tashqari, har yili o`tkaziladigan “Tashabbus” ko`rik tanlovi doirasida “Eng ilg`or issiqxona xo`jaligi” nominasiyasi joriy etiladi. 

    Boshqa yangiliklar