AsosiyJamiyat

Tarixiy echim: Hokimlarning aholiga er berish vakolati bekor qilinadi

'Tarixiy echim: Hokimlarning aholiga er berish vakolati bekor qilinadi'ning rasmi

Ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va qishloq xo`jaligini rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning yig`ilishdan xabar qilishicha, davlat rahbari hokimlar uchun aholiga er berish vakolati bekor qilinganligi haqida gapirdi. Bunga so`nggi paytlarda aholiga er ajratishda kuzatilayotgan korrupsion holatlar sabab qilib ko`rsatildi.

Shu paytgacha tadbirkorlar uchun og`ir muammo bo`lib kelgan – er uchastkalarini ajratish masalasini hal qilish bo`yicha Farmonni imzoladim. Endi, tadbirkorlik uchun erlarni to`g`ridan-to`g`ri va tekinga berish amaliyotidan butunlay voz kechiladi va erlar hamma uchun bir xil va oshkora, elektron auksion orqali xususiy mulk qilib sotiladi yoki ijaraga beriladi”, dedi prezident.

  Ma`lum qilinishicha, joriy yilda bandlik dasturi doirasida 457 mingta doimiy yangi ish o`rinlarini tashkil etish ko`zda tutilgan.

Bunga qanday erishiladi?

Buning uchun:

  • xalqaro va viloyatlararo magistral yo`llar yoqasida savdo va xizmat ko`rsatish ob`ektlarini tashkil etib – 50  mingta;
  • shahar va tuman markazlarida maxsus ko`chalar, har bir tuman markazi va mahallada xizmatlari tashkil etib – kamida 100 mingta;
  • sanoatda qo`shimcha loyihalar hisobiga, qolgan 7 oyda 175 mingta yaratish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, Surxondaryoda boshlanayotgan tajriba asosida, ishsiz aholiga qishloq xo`jaligi erlarini 10 yil muddatga dehqonchilik bilan shug`ullanish uchun ijaraga berish tartibi joriy qilinadi. Buning uchun, joriy yildan boshlab qariyb 100 ming gektar g`alladan bo`shagan er maydonlari ishsiz aholiga dehqon xo`jaligi tashkil etish uchun beriladi. Shu orqali, hatto 400 ming kishini band qilish imkoni mavjud.

Misol uchun: Qumqo`rg`on tumanida 8 ming gektar g`alla maydonining 10 foizi yoki 800 gektari ehtiyojmand aholiga kamida 20 sotixdan ajratilsa, jami 4 ming nafar ishsizlar band bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar