Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan videoselektor yig`ilishida g`alladan bo`shaydigan erlarning 800 ming gektari ishsiz aholiga bozorbop takroriy ekin ekish uchun berilishi aytildi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. Bu orqali, qariyb 1,5 million aholini mavsumiy ish bilan ta`minlab, daromadli qilish mumkin.
Ishsiz aholi va yoshlarga erni ijaraga bergan klaster rahbarlari hamda fermerlarda haqli savol tug`iladi: ular foydalanmagan davrda ham er uchun soliq to`laydimi?
Bunga echim sifatida davlat rahbari klaster va fermerlar aholiga erni ijaraga bergan davrda ushbu er maydonlari uchun soliqdan ozod qilinishini ma`lum qildi.






