Bu haqda AOKAda "Yaponiya davlatida xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari" mavzusida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida batafsil ma`lumot berildi.
M️a`lum bo`lishicha, stajer vizasi bilan ketadigan migrant va maxsus malakali mutaxassislar oyligi farq qiladi.
Yaponiya qonunchiligiga ko`ra maxsus malakali mutaxassislar oyligi kamida 2000-2 200 AQSh dollarini tashkil etadi, ya`ni yaponiyalik ishchi xodim oyligiga tenglashtirilgan.
Stajer viza bilan ketadigan mutaxassislar uchun qo`llariga oladigan oylik maoshlari 1200-1500 AQSh dollarini tashkil etadi.






