AsosiyJamiyat

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abiturientlarni ogohlikka chaqirdi

'Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi abiturientlarni ogohlikka chaqirdi'ning rasmi

Oliy va o`rtamaxsus ta`lim vazirligi 8 iyun kuni abiturientlar va ota-onalarni ogohlikka chaqirdi.

Xabarga ko`ra, oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun tayyorgarlik jarayonlaridan foydalanib, pul evaziga biror oliygohga kiritib qo`yishni va`da qilayotgan shaxslar uchramoqda. Xususan, Toshkent davlat yuridik universitetiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan shaxs ushlangani, Toshkent irrigasiya institutiga o`qishga kiritish uchun 5 ming dollar so`ragan shaxs, Farg`onada Koreyadagi universitetga imtihonsiz kiritib qo`yishni va`da qilib, maktab o`quvchilaridan jami 20 million so`m olgan shaxslar, Angrenda 3,5 ming dollar evaziga Jismoniy tarbiya universitetiga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan shaxs ushlangani eslatib o`tilgan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

«Hurmatli ota-onalar va abiturientlarni ogohlikka chaqiramiz! Ogoh bo`ling, aldanib qolmang! Shu kabi holatlarga qo`l urishni niyat qilgan shaxslar ham yuqoridagilardan xulosa chiqarishlarini xohlardik. Zero, sizning noqonuniy harakatlaringiz sha`ningiz va ozodligingizga rahna solishiga sababchi bo`lmasin», deyiladi vazirlik xabarida.

Boshqa yangiliklar