Bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish, bu – tadbirkorlarni majburlash, ularga mahsulotini past narxlarda sottirish, degani emas”, dedi prezident tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va qishloq xo`jaligini rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov
Buning uchun:
- tadbirkorlarga bozorda taklifni ko`paytirish uchun sharoit yaratib berish;
- chorvachilikning qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yo`nalishlariga alohida e`tibor qaratish;
- o`tgan yili parranda go`shti etishtirish 247 ming tonna bo`lgan bo`lsa, joriy yil yakuniga qadar bu ko`rsatkichni 450 ming tonnaga etkazish lozim.
Omuxta em masalasi
Bugungi kunda ushbu sohada 1,1 mingta korxonalarning quvvati 50 foizga ham ishlatilmayapti. Endi parranda sanoatini qo`llab-quvvatlash bo`yicha yangi mexanizmlar joriy etiladi:
- 1 iyuldan berilishi kerak bo`lgan subsidiya miqdori tuxum uchun 3 baravar (har bir sotilgan tuxumga 150 so`m), parranda go`shti uchun esa 2 baravar (har bir kilogrammiga 1,5 ming so`m) oshirilib, to`lovlar 1 iyundan boshlanadi.
- Omuxta em va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga aylanma mablag`ni to`ldirish va parrandachilik loyihalari uchun kreditlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi qoplab beriladi.
- Parrandalarni so`yishga mo`ljallangan zamonaviy kompleks loyihalari bo`yicha xarajatlarning bir qismi kompensasiya qilinadi.
- Parrandachilik korxonalari uchun foyda, mol-mulk, er va suv soliqlari stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
- Parrandachilik loyihalarini amalga oshirishga Mikrokreditbank mas`ul bo`ladi va unga davlat tomonidan 50 million dollar resurs ajratiladi. Ishlar natijasiga qarab, yana 50 million dollar beriladi.






