1

Navoiydagi ohak zavodda katta yong`in sodir bo`ldi: bir ishchi halok bo`ldi, FVV xodimi kuydi (video)

Jamiyat 08.06.2021, 16:50
Teglar: Fvv
Navoiydagi ohak zavodda katta yong`in sodir bo`ldi: bir ishchi halok bo`ldi, FVV xodimi kuydi (video)

Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi zavodlardan birida yong`in sodir bo`layotgani aks etgan xabarlar tarqaldi. Favqulotda vaziyatlar vazirligi holat bo`yicha rasmiy izoh berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, ushbu holat kecha 7 iyun kuni taxminan soat 15:52da Navoiy viloyati Karmana tumani, “Bog`ishamol” MFY hududidagi “Zarafshon Golden Groop” MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonning buzilishi natijasida yong`in kelib chiqqan.  

Hodisa oqibatida korxonaning bir nafar ishchisi voqea joyida halok bo`lgan. Shuningdek, yong`in joiyda bo`lgan bir nafar FVV xodimi kuyish tan jarohati bilan RShTYoIM Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi zudlik bilan holat yuz bergan hududga etib borgan va qisqa muddat ichida yong`in bartaraf etilgan.

Sharhlar

⚡️ Rasmiy axborot: Norin daryosining dambasi mustahkamlanmoqda, suvi kamaytirildi

27.01.2023, 10:26

Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda Norin daryosini to`sib turadigan damba qulagani va qirg`og`i emirilayotgani aytilgan edi. Shundan so`ng, FVV vaziyatni nazoratga olganini ma`lum qildi. Ayni paytda holat...
Suvda oqib ketayotgan bir bolani qutqarish uchun ikki qutqaruvchining cho`kib ketgani hodisasiga FVV oydinlik kiritdi (video)

12.07.2022, 11:59

Ijtimoiy tarmoqlarda “Taqiqlangan joyda cho`milgan bolalarni qutqaramiz deb qutqaruvchilarni o`zi cho`kib ketdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda.  Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ushbu hodisa o`rganildi, deya xabar...
FVV qor ko`chish xavfidan ogohlantirdi

28.01.2022, 09:05

Favqulodda vaziyatlar vazirligi O`zbekiston Respublikasining tog`li hududlarda qor ko`chish xavfini e`lon qildi.Ma`lumot uchun, holat 2022 yilning 28 yanvar kunidan 31 yanvar kunigacha davom etishi mumkin.Shuningdek,...
FVV Chimyonda qor ko`chish xavfidan ogohlantirmoqda

03.01.2022, 16:28

FVV ma`lumotiga ko`ra, 2022 yil 3 yanvar soat 08:00dan 4 yanvar soat 08:00gacha Chimyon hududida qor ko`chkisi xavfi e`lon qilindi.«Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko`rishingizni va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1