Kuni kecha, 7 iyun kuni taxminan ertalab soat 09:00 dan 10:20 larga qadar “Qarshi mintaqaviy temir yo`l uzeli” unitar korxonasiga qarashli Ayratom temir yo`l bekati hududida Chiroqchi tuman “Ayratom” qishlog`i fuqarolari temir yo`l ustiga yig`ilganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. "O`zbekiston temir yullari" holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi?
Aniqlanishicha, aholining temir yo`l bekatiga yig`ilishining asosiy sababi qishloq ahli tuman hokimi Xurram Jo`raevdan qishloqda elektr energiyasi ta`minoti qoniqarsiz bo`lganligi uchun qishloqni elektr energiyasi bilan ta`minlash, ya`ni qishloqqa keladigan elektr energiyasini boshqa kuchliroq “Transformator”ga ulashni so`ragan. 7 iyun kuni soat 9:00 larda tuman hokimining qishloqqa tashrifi kutilgan.
Tuman hokimi belgilangan vaqtda “Ayratom” qishlog`iga elektr energiyasi masalasini hal qilish uchun kelmaganligi sababli aholi temir yo`l atrofiga yig`ilgan.
Toshkent – Qarshi yo`nalishi bo`yicha harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar poezdi grafik bo`yicha ushbu bekatdan soat 10:48 da o`tib ketishi belgilangan.
Poezd kelishidan taxminan 28 minut oldin Chiroqchi tuman hokimi X.Jo`raev o`zi kelib temir yo`l atrofida yig`ilgan qishloq aholisini “Ayratom” qishlog`i Mahalla fuqarolar yig`iniga olib ketdi va ularning muammolari atroflicha o`rganilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
“Afrosiyob” tezyurar poezdi grafik bo`yicha ushbu bekatdan soat 10:48 da o`tib ketgan. Poezd to`xtamagan va hech qanday zarar yoki talofat bo`lmagan.